Isi
Samarqandda “Cobalt” va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 2025-yil 2-noyabr kuni soat 06:10 larda Samarqand shahri Afrosiyob mahallasi hududidan o‘tgan Shohizinda ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi Shohizinda ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan paytda uxlab qolgan. Natijada u rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomonida joylashgan temir to‘siqqa urilgan. Zarbadan so‘ng avtomobil yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan “ASIASTAR” rusumli avtobus bilan to‘qnashgan. Hodisa oqibatida “Cobalt” haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, transport vositalariga texnik shikast yetgan. Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB TB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube