TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2691

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan786Jumlah tampilan
Diposting2 Nov02/11/2025, 15.28
Isi postingan

Isi

Samarqandda kuchaytirilgan reyd tadbirlari olib boriladi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti rahbariyati tomonidan Samarqand viloyati IIB hamda barcha sohaviy xizmat xodimlari tungi–kechki yo‘riqnoma asosida tungi xizmatga jalb etildi. Tungi xizmat faoliyati davomida shahardagi ko‘chalar bo‘ylab jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda reyd tadbirlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-avgustdan boshlab bazaviy hisoblash miqdori (BHM) taxminan 375 000 so‘mdan 412 000 so‘mga oshirildi. Shu munosabat bilan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima miqdorlari ham quyidagicha oshirilgan: xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarima — 206 000 so‘m. hujjatsiz yurganlik uchun jarima — 412 000 so‘m. tezlikni 20 km/soatgacha oshirganlik uchun jarima — 412 000 so‘m. tezlikni 40 km/soatdan ortiq oshirganlik uchun jarima — 3 708 000 so‘m. 🔰Telegram | Instagram | You Tube