TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqandda yer silkinishi sezildi Bugun, 2025-yil 3-noyabr kuni soat 01:29 da, Afgʻonistonning Samangon viloyati hududida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila o‘chog‘i yer ostining 30 kilometr chuqurligida joylashgan bo‘lib, Toshkent shahridan 557 km janubi-g‘arbda joylashgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida ham zilzila tebranishlari sezildi: Surxandaryo viloyatida — 5 ball, Qashqadaryo viloyatida — 3–4 ball, Samarqand viloyatida — 3 ball, Jizzax, Navoiy, Buxoro viloyatlarida — 3 ball, Sirdaryo viloyatida — 3 ball, Toshkent shahrida — 2–3 ball, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida — 2–3 ball. 🔰Telegram | Instagram | You Tube