Isi
10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berildi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan yangi qarorga ko‘ra, endilikda maktabning 10-sinf o‘quvchilari ham o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu tartib 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi. Mazkur o‘zgarish kasbiy ta’lim tizimini 2030-yilgacha bosqichma-bosqich isloh qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ning muhim bandlaridan biri hisoblanadi. Uning maqsadi — yoshlarni erta kasb-hunarga yo‘naltirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va mehnat bozorining ehtiyojiga mos mutaxassislarni tayyorlashdir. 2028-yildan e’tiboran esa texnikumlarga o‘qishga yo‘naltirish 9-sinf yakuniy imtihon natijalariga asoslanadi. Shu orqali o‘quvchilarga erta ixtisoslashuv imkoniyati yaratiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube