Isi
Kasalxona — bu xalq uchun ochiq joy, “rejimli ob’yekt” emas Ijtimoiy tarmoqlarda shifoxona hududini qo‘riqlayotgan xodim ishtirokidagi videolarga nisbatan ayrim blogerlarning “tanqid”i e’tibor qozondi. Ammo bu holatga bir tomonlama, yuzaki qarash — muammoni chuqurlashtiradi. Avvalo, bu kasalxona — ya’ni odamlarga xizmat qiladigan, bemorlar davolanadigan joy. U toifalangan yoki maxfiy ob’yekt emas. Bu yerda odamlar doimiy kirib chiqadi, yaqinlariga dori-darmon yoki zarur buyumlar olib keladi, hol so‘rashadi. Shunday joylarda fuqarolarning kirib-chiqishi tabiiy hol bo‘lishi kerak. Afsuski, so‘nggi paytlarda ayrim “blogerlar” shifoxonaga kirib chiqayotgan fuqarolarni ham rejim nazoratidan o‘tayotgandek talqin qilishmoqda. Bu esa jamoatchilikda asossiz shubha uyg‘otadi. Ikkinchi tomoni — agar kimdir jurnalistik surishtiruv o‘tkazmoqchi bo‘lsa va u OAV vakili sifatida qonuniy hujjatlarga ega bo‘lsa, unga to‘siq qo‘yish to‘g‘ri emas. Aksincha, bunday xodimlar shifoxonadagi real vaziyatni yoritish orqali tizimdagi muammolarni aniqlashga hissa qo‘shadi. Shu boisdan, har bir vaziyatga baho berishda fikrni kengroq olib borish, qonunchilik nuqtai nazaridan yondashish zarur. Har qanday ob’yektga kirish-chiqish tartibi qonun bilan belgilanadi. Shifoxonalar esa bu ro‘yxatda maxfiy yoki yopiq toifadagi maskanlar sirasiga kirmaydi. Demak, bu holatda qo‘riqlovchi xodim ham, OAV vakili ham — har biri o‘z vazifasini qonuniy doirada bajargan. Faqat ayrim blogerlarning masalaga yuzaki, shov-shuvga asoslangan yondashuvi jamoatchilikni noto‘g‘ri yo‘nalishga burmoqda. Shuning uchun ham munosabat bildirayotganda yoki tanqid yozayotganda, avvalo “qaysi ob’yektga kirish mumkin, qaysi ob’yektga mumkin emas” degan masalani aniqlab olish kerak. Chunki bir og‘iz noto‘g‘ri yozilgan gap ertaga butun mamlakat bo‘ylab kasalxonalarga kirish-chiqish erkinligiga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim. 🔰Telegram | Instagram | You Tube