Isi
Samarqandda “Samarkand Marathon — 2025” xalqaro xayriya marafoni o‘tkaziladi 2025-yil 8–9-noyabr kunlari Samarqand shahrida an’anaviy “Samarkand Marathon — 2025” xalqaro xayriya yugurish marafoni bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida shahar markazidagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu yilgi marafonda 40 dan ortiq davlatdan 8 ming nafardan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Musobaqa dasturiga ko‘ra, dastlab “KIDS RUN” yo‘nalishida 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida 60, 300, 600 va 1000 metr masofalarda poygalar tashkil etiladi. Marafonning asosiy bellashuvlarida ishtirokchilar 5, 10, 21,1 va 42,2 kilometr masofalarni bosib o‘tadi. 42,2 kilometr masofadagi poyga g‘oliblari homiylar tomonidan ta’sis etilgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: birinchi o‘ringa 30 million so‘m, ikkinchi o‘ringa 25 million so‘m, uchinchi o‘ringa esa 20 million so‘m beriladi. Marafon doirasida turli yosh toifalari hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ham alohida yugurish musobaqalari o‘tkaziladi. “Samarkand Marathon — 2025” sog‘lom turmush tarzi, birdamlik va xayriya g‘oyalarini targ‘ib etuvchi eng yirik sport tadbirlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube