Isi
Samarqandda ham ajrimlar soni ortgan. Sabablardan biri— xarakter mos kelmasligi Senatning o‘n birinchi yalpi majlisida mamlakatda ajrimlar soni yildan-yilga ortayotgani taʼkidlandi. Raqamlarga ko‘ra, 2024-yilda 271 mingdan ortiq nikoh rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 45 mingdan ziyodi ajrim bilan yakunlangan. Eng ko‘p ajrim holatlari Toshkent shahrida (5 913 ta), shuningdek Farg‘ona, Andijon va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan. Sudlarda 2024-yilda ko‘rib chiqilgan 32 mingdan ortiq ajrim ishlarining sabablari quyidagicha taqsimlangan: • 54 foizi — xarakterlar mos kelmasligi, • 6 foizi — boshqa munosabatga kirishish, • 4 foizi — oilaviy hayotga tayyor emaslik, • 3 foizi — o‘zaro ishonchsizlik. Shuningdek, 2025-yilning dastlabki 9 oyida 50 mingdan ortiq er-xotin sudga murojaat qilgan, ularning 27 mingdan ziyodining nikohi bekor qilingan. Majlis davomida erta nikohlar masalasi ham muhokama qilindi. So‘nggi 5 yilda 391 ta holatda nikoh yoshi qisqartirilgan, 2025-yilda esa 15–17 yoshdagi 155 nafar qiz voyaga yetmasdan turmushga chiqqani qayd etildi. Shu munosabat bilan, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube