Isi
Pastdargʻom IIB xodimi moliyaviy piramidani reklama qildi Kun.uz ma’lum qilishicha, Oʻzbekistonda XCM nomli moliyaviy piramida tobora ommalashib bormoqda. Ayrim fuqarolar ushbu platformaga “ishonchli loyiha” sifatida qarab, pul tikmoqda. Hatto ayrim davlat xizmatchilari, jumladan, ichki ishlar tizimi vakillari ham XCM targ‘ibotiga kirishgani aytilmoqda. X Connection Media (XCM) Avstraliyada tashkil etilgan onlayn media kompaniyasi sifatida tanishtirilgan bo‘lsa-da, foydalanuvchilarga pul tikish va kunlik topshiriqlarni bajarish orqali daromad olish taklif etiladi. Aslida bu topshiriqlar video tomosha qilish va layk bosishdan iborat bo‘lib, tizimga qo‘shilish uchun dastlab mablag‘ kiritish sharti qo‘yiladi. Bu tizimning moliyaviy piramida ekanini tasdiqlovchi asosiy dalil — unga kirish uchun pul to‘lash majburiyati hamda daraja oshgan sari kiritilgan depozit miqdoriga qarab “daromad”ning ortib borishi. Ichki ishlar vazirligi XCM platformasi bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Tarqalgan videoda formadagi shaxs o‘zini Pastdargʻom tumani IIB xodimi sifatida tanishtirgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining ushbu platformani targ‘ib qilishdagi ishtiroki yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube