Isi
Toshkent viloyatida qariyb 5 kilogramm giyohvandlik vositasi musodara qilindi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Aniqlanishicha, Toshkent viloyati Zangiota tumanidan o‘tuvchi katta halqa yo‘li yaqinidagi yashirin joydan ilgari narkokuryerlar tomonidan qoldirib ketilgan 10 dona o‘ramda jami 4 kilogramm 956 gramm “opiy” moddasining yashirilgani fosh etilgan. Mazkur modda holislar ishtirokida daliliy ashyolar sifatida rasmiylashtirib olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda ushbu giyohvandlik vositalariga aloqador shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube