Isi
Samarqandda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati bo‘yicha tungi reyd o‘tkazildi Sovuq kunlar kirib kelishi bilan ko‘p qavatli uy-joylarda issiqlik va xizmat ko‘rsatish tizimlarida muammolar yuzaga kelmasligi uchun boshqaruv servis kompaniyalaridan yuqori mas’uliyat talab etiladi. Shu maqsadda Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan 24 soatlik shtablar faoliyatini o‘rganishga qaratilgan tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi. Tekshiruvlar davomida ayrim kompaniyalarda shtab faoliyati qoniqarli tashkil etilmagani, ba’zilarida esa umuman yo‘qligi aniqlandi. Xususan, “Samarqand uy-joy ta’mir” kompaniyasida shtab telefoni ishlamagani va murojaatlar daftari to‘liq yuritilmagani, “Mash’al Sug‘diyonasi” kompaniyasida navbatchilik grafigi hamda maxsus telefonlar yo‘qligi, “Bio-tex Service” va “Samarqand omad kommunal” kompaniyalarida esa shtab faoliyati butunlay yo‘lga qo‘yilmagani qayd etildi. Inspeksiya ma’lumotiga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan choralar ko‘rilmoqda va bu kabi tungi reyd tadbirlari rejali ravishda davom ettiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube