TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2719

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,280Jumlah tampilan
Diposting7 Nov07/11/2025, 03.10
Isi postingan

Isi

Samarqanddakiberjinoyatlarning 80 foizi Samarqand shahrida qayd etilgan Samarqandda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tashabbusi bilan “Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi boshlandi. Markaz maʼlumotiga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon viloyat ichki ishlar organlariga kiberfiribgarlik holatlari bo‘yicha 6 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Umumiy zarar miqdori 30,1 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shundan 5 milliard so‘mga yaqini qaytarib olingan. Qayd etilishicha, kiberjinoyatlarning 80 foizi Samarqand shahrida sodir etilgan. Tahlillarga ko‘ra, firibgarliklarning 32 foizi zararli APK-fayllarni yuklab olish, 24 foizi soxta onlayn platformalardan foydalanish, 18 foizi esa telefon qo‘ng‘iroqlari orqali amalga oshirilgan holatlarga to‘g‘ri keladi. Mutaxassislar aholiga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, dasturiy ta’minotni muntazam yangilab turish, noma’lum havolalarga kirmaslik hamda SMS-kodlarni hech kimga bermaslikni qat’iy tavsiya qilmoqda. Shuningdek, Samarqand viloyat IIB tomonidan Samcyber_102 mobil ilovasi va @Samcyber_102bot ishga tushirilgan. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda soxta xabarlar va virusli havolalarni avtomatik aniqlab, ularni o‘chirib tashlaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube