Isi
Prezident tibbiyot va farmasevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror qabul qildi Prezident tomonidan “Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi. Hujjatga muvofiq, sohada qator yangiliklar joriy etiladi: 2026-yildan boshlab, davlat tibbiyot muassasalari xodimlari Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan moddiy rag‘batlantiriladi. Ularga har yili mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida mablag‘ tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi. 2026-yil 1-apreldan davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasi joriy etiladi. Shu bilan birga, tibbiyot muassasalari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida bayram va dam olish kunlarida navbatchilik asosida ishlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlarining farzandlari uchun imtiyoz belgilandi. Ular respublikadagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olganda, yillik kontrakt summasining 30 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmagan holda, hozirda 6 mln 180 ming so‘mgacha) davlat tomonidan qoplab beriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube