TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2732

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan943Jumlah tampilan
Diposting10 Nov10/11/2025, 09.55
Isi postingan

Isi

Endi yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinflardan dars soatlarini ololmaydi Maktablarda sinflarni komplektlash va dars soatlarini taqsimlash tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinflarda mavjud bo‘lgan dars soatlarini ololmaydi — agar ular boshlang‘ich taʼlim mutaxassisligi yoki shu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha maxsus taʼlimga ega bo‘lmasa. Ushbu tartib 2026-yil 1-avgustdan kuchga kiradi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tartib “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarni o‘z ichiga oladi. Yangi tahrirga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchining boshlang‘ich taʼlim mutaxassisligiga ega bo‘lishi yoki shu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha taʼlim olganligi shart qilib qo‘yiladi. Agar yuqori sinf o‘qituvchisi ushbu talablarni bajarmasa, u boshlang‘ich sinflardan dars soatini ololmaydi. Mazkur o‘zgarishlar o‘qituvchilar o‘rtasidagi malaka mosligini oshirish, boshlang‘ich taʼlim sifatini yaxshilash va dars soatlarini adolatli taqsimlashga qaratilgan. Yangi tartib 2026-yil 1-avgustdan boshlab barcha umumta’lim muassasalarida amal qiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube