TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2735

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan944Jumlah tampilan
Diposting11 Nov11/11/2025, 05.35
Isi postingan

Isi

Samarqandda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “S.” MChJ rahbari Sh.A. tomonidan “M. Baraka” ko‘chasidagi avtoturargohda elektromobillarni quvvatlash qurilmasi tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 423,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. Shuningdek, Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda “N.T.”, “GS.” va “M.M.” fermer xo‘jaliklari mas’ullari ham tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 407,5 million so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatganliklari ma’lum bo‘ldi. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube