Isi
Samarqand viloyatida 300 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasida Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboevning ma’lum qilishicha, hozirda viloyatdan xorijga chiqib ketgan migrantlar soni 300 ming nafarni tashkil etadi. Shundan 176 ming nafari ish bilan band bo‘lish maqsadida chet elga ketgan. Joriy yil boshidan buyon 18 ming nafar samarqandlik fuqarolar qonuniy tartibda Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Germaniya, Slovakiya, Yaponiya, Bolgariya va Xorvatiya kabi davlatlarga yuborilib, yuqori daromadli ish o‘rinlariga joylashtirilgan. Shuningdek, xorijda past daromad topayotgan 120 ming nafar fuqaro vatanga qaytarilib, ularning 73 ming nafari viloyatdagi turli sohalarda daromadli ish bilan ta’minlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube