Isi
Pastdargʻomda ayol erini qamoqdan chiqarish uchun aliment qarzini to‘ladi Pastdarg‘om tumanida yashauvchi ayol turmush o‘rtog‘ining aliment bo‘yicha qarzdorligini o‘z hisobidan to‘lab, uni qamoqdan ozod etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, er kishi farzandi uchun belgilangan alimentni o‘z vaqtida to‘lamagani sababli sud qarori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan. Biroq ayol turmush o‘rtog‘isiz ro‘zg‘or yuritish qiyinlashganini hisobga olib, uning qarzini to‘liq qoplagan va sudga murojaat qilgan. Sud qarorni bekor qilib, erni ozod etgan. Hozirda oila yarashgan, farzandlar tarbiyasi bilan birgalikda shug‘ullanmoqda. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi katta inspektori Jaloliddin Sherboyev ma’lum qildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube