TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2743

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan955Jumlah tampilan
Diposting13 Nov13/11/2025, 10.00
Isi postingan

Isi

Endi 14 yoshdan boshlab o‘smirlar ham o‘z nomiga bank kartasi ochishi mumkin Markaziy bankning yangi buyrug‘iga ko‘ra, 2025-yil 11-noyabrda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan nizomga o‘zgartish kiritildi. Unga binoan, 14 yoshdan katta voyaga yetmaganlar tijorat banklarida mustaqil ravishda kartaga ega bo‘lishlari mumkin. Bundan tashqari: 14 yoshgacha bo‘lganlar uchun karta ota-ona yoki qonuniy vakil ruxsati bilan ochiladi. Biznes kartalar — yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun. Ijtimoiy kartalar — nafaqa, yordam puli kabi tushumlarni olish uchun mo‘ljallangan. Korxonalar esa endilikda ichimlik va oqava suv to‘lovlarini korporativ karta orqali amalga oshirishi mumkin. Bu o‘zgarish yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish va ularni bank xizmatlariga jalb etishga qaratilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube