TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2747

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,000Jumlah tampilan
Diposting14 Nov14/11/2025, 04.22
Isi postingan

Isi

Zarafshon daryosida noqonuniy baliq ovlaganlar tabiatga 130 million so‘mlik zarar yetkazdi Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Paxtachi tuman Ekologiya bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tungi reyd chog‘ida Zarafshon daryosida noqonuniy baliq ovlash holati aniqlandi. Tekshiruv davomida 4 nafar fuqaro noqonuniy tarzda baliq ovlab, ularni transport vositasiga yuklayotgani ma’lum bo‘ldi. Huquqbuzarlar to‘qayzor ichiga yashirinishga uringanida inspektorlar tomonidan qo‘lga olingan. Reyd jarayonida 6 turdagi 105 dona baliq, ov qurollari va 2 ta rezina qayiq daliliy ashyolar sifatida olib qo‘yilib, transport vositasi esa jarima maydoniga joylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiatga 130 million 149 ming so‘m zarar yetkazilgan. Hozirda holat yuzasidan hujjatlar tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube