Isi
Oyliklar, stipendiya va nafaqalar oshadimi? 2026-yildan boshlab davlat xizmatida maoshlarni hisoblash tartibi o‘zgaradi. Prezidentning 2025-yil 19-iyunda imzolangan PF–95-son farmonigа ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan davlat xizmatchilari uchun yagona maosh tizimi joriy etiladi. Ushbu tizimda ish haqi idora yoki hududga emas, balki xodimning malakasi, vazifasi ва kasbiy darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumot uchun bundan oldin 2025-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqa to‘lovlari, shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlari maoshi va talabalar stipendiyalari 10 % ga oshirilgan edi. Mazkur oshirish barcha toifalarga taalluqli bo‘lib, mahalla tizimi xodimlari uchun alohida foizli qo‘shimchalar rasmiy hujjatlarda ko‘rsatilmagan. Xulosa qilib aytganda, tarqalgan xabarlardagi +15 % va boshqa qo‘shimcha oshirishlar hozircha rasman tasdiqlanmagan. Yagona maosh tizimi doirasida aniq tariflar va miqdorlar esa keyinchalik e’lon qilinishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube