TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Toyloq–Urgut yo‘lining 20 km qismi ta’mirlanmoqda Toyloq va Urgut tumanlarini bog‘lovchi D-069 avtomobil yo‘lining 20 kilometr qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ishlar davomida yo‘lning ayrim hududlarida avtomobil vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun harakat ishtirokchilaridan uzr so‘raymiz, deyiladi Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati xabarida. Ma’lum qilinishicha, ushbu vaqtinchalik cheklovlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘lning sifatini yaxshilash maqsadida joriy etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube