TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2760

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,390Jumlah tampilan
Diposting18 Nov18/11/2025, 09.00
Isi postingan

Isi

🇺🇿18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Ammo aynan shu kunda Samarqand shahridagi Ibn Sino ko‘chasida joylashgan Samarqand Olimpiya zaxiralari kolleji sport majmuasi hududida ilingan bayroqlar abgor holatda ekani haqida murojaat keldi. Murojaatchining aytishicha, bu holat birinchi marta emas - sport majmuasi atrofida ilingan bayroqlar tez-tez yirtilgan, ranglari o‘chgan yoki bir-biriga chigallashgan holda turadi. Uning fikricha, bayroq ustunlarini bir-biridan uzoqroq joylashtirish bayroqlarning ilashib qolishi va shikastlanishining oldini olishi mumkin. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga ko‘ra: Davlat bayrog‘i hurmat qilinishi, unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘linishi shart; Yirtilgan, ranglari o‘chgan, ifloslangan yoki shikastlangan bayroqdan foydalanish taqiqlanadi. Shuningdek, qonun davlat ramzlaridan foydalanishda ularni e’zozlash va munosib saqlash majburiyatini belgilaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube