Isi
O‘zbekistonda Ekologiya vazirligi o‘rniga milliy qo‘mita tashkil etildi Prezident qaroriga muvofiq, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tugatilib, uning bazasida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etildi. U mustaqil davlat organi sifatida faoliyat yuritadi va barcha shtat birliklari saqlanib qoladi. Yangi qo‘mita tabiatni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, chiqindilarni boshqarish, havo va suv sifati bo‘yicha nazorat ishlarini amalga oshiradi. “Toza havo”, “Yashil makon”, “Eko-madaniyat” kabi yirik ekologik loyihalar ham qo‘mita zimmasiga yuklanadi. Qarorga ko‘ra, Prezidentning ekologiya bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi va u qo‘mita faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ekologik nazorat kuchaytiriladi, sanoat korxonalari uchun onlayn monitoring talablari joriy etiladi. Shuningdek, muhim o‘zgarishlardan biri — ekopolisiya faoliyati kuchaytiriladi. Qarorga muvofiq: ekopolisiya xodimlariga jismoniy kuch ishlatish huquqi beriladi; ularga muxsus vositalar — elektroshok qurilmasi, rezina o‘qli qurol va to‘r otuvchi qurol qo‘llash vakolati beriladi; har bir xodimning xizmat kiyimiga bodi-kameralar o‘rnatiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube