TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqand tumanida noqonuniy ohaktosh qazib olinishi oqibatida 347 mln so‘mlik zarar keltirildi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi ma’lum qilishicha, “S.A.” MCHJ mas’ul shaxslari “Agalakskoye-1961” konidan ajratilgan maydondan chiqib, 7,5 ming kub metr noruda foydali qazilma — ohaktoshni noqonuniy qazib olgan. Tekshiruv natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 347,1 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube