Isi
Yo‘lkira haqini elektron shaklda amalga oshirish orqali ham naqdingizni, ham vaqtingizni tejang Sohada yashirin iqtisodiyotning oldini olish, jamoat transportida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, yo‘lovchilarga yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish maqsadida yo‘lkira haqini elektron tarzda to‘lash amaliyoti joriy etilganligi haqida xabar berib kelmoqdamiz. Yo‘lovchilarga yanada qulayliklar yaratish, shuningdek, bank plastik kartasi yoki ATTO yagona transport kartasi mavjud bo‘lmagan fuqarolar uchun shahar miqyosida bekatlar yoki unga yaqin hududlarda, shuningdek, aholi gavjum nuqtalarda infokiosklar o‘rnatildi. Ushbu infokiosklar orqali yo‘lovchilar 2000 so‘m evaziga xarid qilingan QR kodli chiptalar orqali shahar jamoat transportida yo‘lkira haqini amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Shahar jamoat transportida raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali birinchi navbatda yashirin iqtisodiyotga barham beriladi hamda haydovchilarni qo‘shimcha vazifalardan ozod qiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube