TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Termizda oqdaryolik talabaoʻzini yuqori qavatdan tashlab vafot etdi Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahridagi ko‘p qavatli uyda bir yigit o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilinishicha, 19-noyabr kuni soat 16:00 lar atrofida Termiz shahridagi “Movaro” yotoqxonasida Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali 2007-yilda tug‘ilgan 2-bosqich talabasi S.A. o‘zini 14-qavatdan tashlab, voqea joyida vafot etgan. Marhum Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan boʻlgan. Hozirda Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube