TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2768

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan964Jumlah tampilan
Diposting20 Nov20/11/2025, 07.12
Isi postingan

Isi

💰Samarqand shahar iqtisodiyotiga 10 oyda 555,3 mln dollar investitsiya o‘zlashtirildi Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning xalq deputatlari Kengashi sessiyasidagi hisobotiga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi davomida shaharda 555,3 mln dollar investitsiya o‘zlashtirilgan. Shundan 273,8 mln dollar — to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya. 61 ta loyiha ishga tushirilgan, natijada umumiy hisobda 3,9 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. Xorijiy investitsiyalarning asosiy ulushi: 🇨🇳Xitoy — 211,7 mln dollar 🇦🇪BAA — 35,7 mln dollar 🇺🇸AQSh — 9 mln dollar 🇷🇺Rossiya — 7,9 mln dollar Boshqa davlatlar — 9,5 mln dollar Shuningdek, 259,4 mln dollarlik 8 ta yirik TXXI loyihasi ishga tushirilib, 220 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Jumladan yirik loyihalar, “Aziya metal prof” — 90 mln dollar investitsiya, maishiy texnika va avtomobillar uchun tunuka list ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 140 ta ish o‘rni yaratildi. “Ad ekspress invest stroy” — 6 mln dollar investitsiya evaziga 100 o‘rinli “AD BELADJO” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube