Isi
Bulungʻurda Adliya aralashuvi bilan direktorga PhD ustamasi bo‘yicha 58 million toʻlab berildi Bulung‘ur tumanida maktab direktori J.A.ning PhD ilmiy darajasi uchun ustama to‘lanmay kelayotgani Adliya bo‘limi aralashuvidan so‘ng bartaraf etildi. O‘rganish jarayonida J.A. 2023-yil 21-iyuldan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lsa-da, unga tegishli ustama bir necha yil davomida hisoblab berilmagani aniqlangan. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qaroriga ko‘ra, PhD darajasiga ega xodimlarga lavozim maoshining 30 foizigacha qo‘shimcha haq to‘lanishi shart. Adliya bo‘limi tomonidan maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga majburiy taqdimnoma kiritilib, natijada J.A.ning huquqlari tiklandi va ish beruvchi tomonidan to‘lanmay qolgan 58,45 mln so‘m ustama to‘lab berildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube