TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2772

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,410Jumlah tampilan
Diposting21 Nov21/11/2025, 08.05
Isi postingan

Isi

Samarqandda bir tomonlama harakat tartibi joriy etilgan koʻchalarda tirbandlik kamaygan Samarqand shahar IIB JXX YHXB boshlig‘i Zoir Ahmedovning xalq deputatlari Kengashi sessiyasidagi hisobotiga ko‘ra, Samarqand shahar Kengashi qaroriga asosan, 2025-yil 1-oktyabrdan transport harakati eng zich bo‘lgan bir qator ko‘chalarda bir tomonlama harakatlanish tartibi joriy etildi. Mazkur tartib shahar markazidagi tirbandliklarni kamaytirish va yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Yangi tartibga ko‘ra, Mahmud Qoshg‘ariy, Abdurahmon Jomiy, Orzu Mahmudov, Shohrux Mirzo, Husayin Boyqaro, Ulug‘ Tursunov, Yusuf Hamadoniy kabi bir nechta asosiy ko‘chalarda harakat yo‘nalishlari bir tomonga o‘zgartirildi. Shuningdek, 4,3 km uzunlikda alohida avtobus yo‘laklari tashkil etildi va 1 000 ta avtomobil uchun vaqtinchalik to‘xtash joylari ajratildi. Avtobus yo‘nalishlari ham yangi tartibga moslashtirildi. Tartib joriy etilgach, O.Maxmudov, M.Qoshg‘ariy va A.Jomiy ko‘chalarida tirbandlik 30–35 foizga kamaygani, transport o‘tkazuvchanligi ortgani qayd etildi. Eng e’tiborlisi, mazkur yo‘nalishlarda birorta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lmagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube