TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Kambag‘al oilalardagi yoshlarning kontrakt to‘lovi qisman qoplab beriladi 2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reyestridagi yoshlar uchun quyidagi imtiyozlar joriy etiladi: Safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmat bepul o‘taladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi. “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali haydovchilik kurslari uchun subsidiya “A”, “B”, “D” va “DE” toifa guvohnomalari olish xarajatlarini qoplaydi. Kasbiy va oliy ta’limda kontrakt summasining 50 foizigacha qismi ijtimoiy shartnoma bajarilishiga qarab to‘lab beriladi (yiliga BHMning 50 baravaridan oshmaydi). Bir shaxs yiliga eng ko‘pi 2 marta turli ijtimoiy yordamlardan foydalanishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube