Isi
Urgutda qayta jinoyat sodir etgan narkotik savdogar ushlandi DXXning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, bojxona va ichki ishlar tuzilmalari hamkorligida Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvand modda savdosi fosh etildi. Kuzatuvda bo‘lgan, Urgutda yashovchi 1966-yilda tug‘ilgan, avval ham giyohvandlik vositalari savdosi uchun sudlangan shaxs 993 gramm “opiy”ni shartli xaridorga 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, modda Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan JKning 28, 246-modda 2-qismi (kontrabanda), 273-modda 5-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoqda saqlash ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Ushbu moddalarda belgilangan jazo 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube