TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqandda noqonuniy tamaki mahsulotlari olib kirilishiga chek qo‘yildi Samarqandda bojxona, DXX va Ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yurtga noqonuniy tamaki mahsulotlari olib kirilishi fosh etildi. Tadbirda tadbirkorlik subyekti nomiga kelayotgan yuk mashinasi tekshirilib, yukxona eshigiga maxfiy joylangan 1 469 quti “Esse Change” tamaki mahsuloti topildi. Ularda O‘zbekiston aksiz markasi bo‘lmagan. Musodara qilingan mahsulotlarning qiymati 73,45 mln so‘m bo‘lib, ular vaqtincha saqlovga olingan. Holat bo‘yicha surishtiruv davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube