Isi
Samarqandda 97 ta daraxt noqonuniy kesildi Samarqand shahridagi Bolalar kasalxonasi ro‘parasida qurilish bahonasida 97 ta daraxt noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi maslahatchisi Rasul Kusherboyevning ma’lumotiga ko‘ra, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdori 751,4 mln so‘mni tashkil etadi. Mazkur holat 3-noyabr kuni Ekologiya boshqarmasi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan. Hozirda qonunchilikka muvofiq surishtiruv ishlari olib borilmoqda, hujjatlar esa prokuraturaga yuborilgan. Ekologiya vazirligi yakuniy natijalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda havo sifati keskin yomonlashib, “o‘ta xavfli” darajaga yetgani haqida ham xabar bergan edik. 🔰Telegram | Instagram | You Tube