TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2798

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan2,900Jumlah tampilan
Diposting27 Nov27/11/2025, 12.48
Isi postingan

Isi

🚊"Samarqand – Urgut" yangi temiryo‘l yo‘nalishi ishga tushirildi 2025-yil fevralida qurilishi boshlangan 55 km uzunlikdagi “Samarqand – Urgut” yangi temiryo‘l tarmog‘i foydalanishga topshirildi. Loyiha doirasida ikki zamonaviy vokzal, “Urgut” iqtisodiy zonasida ikki yuk stansiyasi hamda bir qator ko‘prik va inshootlar barpo etildi. Kelgusida yo‘l to‘liq elektrlashtiriladi. Yangi yo‘nalish orqali yiliga 359 ming yo‘lovchi va 8,2 mln tonna yuk tashish imkoni yaratiladi. Ikki juft yo‘lovchi, to‘qqiz juft yuk poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Temiryo‘l Samarqand shahri, Samarkand, Jomboy, Toyloq va Urgut tumanlari aholisi uchun xavfsiz va qulay transport xizmatini ta’minlaydi, ichki turizmga ham turtki beradi. Shuningdek, “Urgut” EIZ faoliyatini kengaytirib, 130 ta yangi ish o‘rni yaratadi. Loyiha yuk tashish xarajatlarini kamaytirib, mahsulotlarning bozorlarga tez yetib borishini ta’minlaydi, investorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Poyezdlar jadvallari — Urgut → Samarqand: 06:30, 16:59; — Samarqand → Urgut: 08:47, 19:27; Chipta sotib olish: vokzallarda yoki onlayn. 🔰Telegram | Instagram | You Tube