TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
❗️ O‘zbekistonda elektron sigaretalar muomalasiga jinoiy javobgarlik belgilandi Endilikda elektron sigaretalar, veyplar va ularning qismlarini saqlash, tayyorlash, tashish yoki mamlakatga olib kirish jinoiy ish sifatida baholanadi. Agar ushbu harakatlar katta miqdorda sodir etilsa yoki shaxs avval bu bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, unga quyidagi jazolar qo‘llanadi: BHMning 300–500 baravari miqdorida jarima; 2–3 yil axloq tuzatish ishlari; 3–5 yil ozodlikni cheklash; yoki 3–5 yil ozodlikdan mahrum qilish. Agar shaxs o‘z aybini tan olib, vakolatli organlarga murojaat qilsa va taqiqlangan mahsulotlarni ixtiyoriy topshirsa — javobgarlikdan ozod qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube