Isi
Samarqandda numizmatika ashyolari noqonuniy olib chiqilishi fosh etildi Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ellik yil avval yoki undan oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish qat’iyan taqiqlangan. Shunga qaramay, ayrim shaxslar tomonidan bunday qadriyatlarni chetga noqonuniy olib chiqishga urinilish holatlari hanuz uchramoqda. “Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti va DXXning tegishli bo‘linmalari hamkorligida Moskvaga parvozga tayyorlanayotgan yo‘lovchilardan birining qo‘l yukini tekshiruvdan o‘tkazish jarayonida og‘zaki so‘rovda ko‘rsatilmagan, 1879 va 1898-yillarda zarb qilingan 3 dona qadimiy tanga aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube