TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2813

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,790Jumlah tampilan
Diposting28 Nov28/11/2025, 12.45
Isi postingan

Isi

Fakultet dekanlari, departament boshliqlari va markaz rahbarlarini saylash amaliyoti joriy etiladi O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan PF-232-son Farmonga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, tadqiqot va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish maqsadida sohaviy fakultetlar tizimi yangicha tartibda shakllantiriladi. Universitet kafedralari negizida akademik departamentlar va ularning tarkibida sho‘balar tashkil etiladi. Shuningdek, fakultet yo‘nalishidan kelib chiqib tadqiqot markazlari barpo etilib, ular huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan muammolarni ilmiy tahlil asosida o‘rganadi. Farmonga muvofiq, fakultet dekanlari, akademik departament boshliqlari va markaz rahbarlarini saylash amaliyoti joriy etiladi. Ular ikki o‘quv yiliga saylanadi va bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimlarni egallashi mumkin emas. Akademik departamentlar boshliqlari va markaz rahbarlari fakultet dekanining o‘rinbosarlari sifatida belgilangan. Sho‘balar professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, ularning rahbarlari kafedra mudirlariga tenglashtiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube