TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2816

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan2,330Jumlah tampilan
Diposting30 Nov30/11/2025, 07.05
Isi postingan

Isi

Samarqandda havo sifati yomon: aholiga muhim tavsiyalar Samarqand shahrida havo sifati so‘nggi kunlarda xavotirli darajaga chiqdi. IQAir xaritasida AQI 230–339 oralig‘ida qayd etilib, shahar “juda zararli” toifaga kirgan. Bu daraja sog‘lom odamlar uchun ham xavfli bo‘lib, nafas olishda qiynalish, ko‘z tirnashi va yurak hamda o‘pka kasalliklari kuchayishiga olib kelishi mumkin. Havodagi PM2.5 zarrachalari inson soch tolasi diametridan qariyb 25 baravar kichik bo‘lgani uchun ko‘zga ko‘rinmaydi. Shuning uchun odam havoning iflosligini sezmaydi, lekin bu zarrachalar nafas olayotganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘pkaga kirib boradi. Eng xavflisi — PM2.5 o‘pkaning chuqur qatlamiga qadar o‘tib, qon tomirlariga kirishi va organizm bo‘ylab tarqalishi mumkin. Bu esa yurak-qon tomir kasalliklari, astma, nafas qisishi va bosh og‘rig‘i kabi xavfli holatlarni kuchaytiradi. Aholiga esa imkon qadar tashqarida kam yurish, ochiq havoda jismoniy mashqlarni to‘xtatish, N95/FFP2 niqoblaridan foydalanish, uy oynalarini yopiq tutish va havo tozalagichlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bolalar, keksa va kasalligi bor shaxslar havo tozalanguncha tashqariga chiqmasliklari lozim. 🔰Telegram | Instagram | You Tube