TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2817

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,540Jumlah tampilan
Diposting30 Nov30/11/2025, 13.20
Isi postingan

Isi

Toyloqda yoqib yuborilgan yuk avtomobillari haqida ma’lumot berildi 28-noyabr kuni soat 21:50 da Toyloq tumani “Beklar” mahallasida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan K.A. bilan qo‘shni mahallada istiqomat qiluvchi, oldindan tanish G‘.R. (1990-y.t.) va N.R. (1991-y.t.) o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, janjalga aylanadi. Janjaldan so‘ng, K.A. o‘zining 2005 va 2007-yillarda tug‘ilgan farzandlari bilan birga G‘.R. va N.R. boshqaruvidagi yuk avtomashinalariga benzin sepib, ularni yoqib yuborgan. Yong‘in tezda o‘chirilgan va boshqa transport vositalari hamda yuklarga zarar yetishining oldi olingan. Mazkur holat yuzasidan 29-noyabr kuni Toyloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasida O‘zbekiston Respublikasi JKning 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki zarar yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Aybdor shaxslarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda dastlabki tergov davom etmoqda, deya xabar berdi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati. 🔰Telegram | Instagram | You Tube