Isi
O‘zbekistonda avtobuslarga “tashvish tugmalari” o‘rnatiladi O‘zbekistonda jamoat transportida yo‘lovchilar xavfsizligini oshirish maqsadida avtobuslarga maxsus “tashvish tugmalari” o‘rnatila boshlanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, tugma bosilganda signal avtomatik tarzda qo‘riqlash bo‘linmalariga va tezkor xizmatlarga yetkaziladi. Shuningdek, avtobus ichidagi kuzatuv kameralariga favqulodda holat yuzaga kelgani haqida ogohlantirish yuboriladi. Loyiha dastlab yirik shaharlarda va shaharlararo yo‘nalishlarda pilot tarzda joriy etiladi. Tizim xalqaro standartlarga mos holda ishlab chiqilgan bo‘lib, favqulodda vaziyatlarda tezkor javob berish imkoniyatini oshiradi. Rasmiylarga ko‘ra, mazkur mexanizm jamoat transportida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar, tibbiy favqulodda holatlar va boshqa xavfli vaziyatlarga tezkor javob qaytarish samaradorligini oshiradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube