Isi
2026-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilishi mumkin 2026-yilda O‘zbekistonda davlat xodimlari ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni inflyatsiyadan yuqori oshirish uchun byudjetdan 6 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ayrim xizmatlar narxi ko‘tarilishi va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi xarajatlari ham shu mablag‘ga kiritilgan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ish haqi 1 foizga oshsa, byudjetdan qo‘shimcha 1,697 trillion so‘m, pensiya 1 foizga ko‘tarilsa esa 832 milliard so‘m xarajat qilinadi. 2026-yilda ish haqi va ijtimoiy soliq to‘lovlari uchun 172,8 trillion so‘m ajratilishi kutilmoqda, bu 2025-yilga nisbatan 18,5 trillion so‘mga ko‘p. Oyliklar byudjet xarajatlarining 42,9 foizini tashkil etadi. Shuningdek, stipendiyalarga 2,2 trillion so‘m, pensiyalarga 86,1 trillion so‘m, nafaqalarga esa 14 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi. Fiskal strategiyaga ko‘ra, ushbu oshirishlar kamida 6–7 foizni tashkil etishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube