TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2822

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan2,590Jumlah tampilan
Diposting1 Des01/12/2025, 16.25
Isi postingan

Isi

“Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshi ishlab chiqiladi Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshi loyihasining yangilangan konsepsiyasi taqdim etildi. Loyiha doirasida yo‘ldoshga sun’iy intellekt moduli o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. AI moduli orqali kosmosdan olingan tasvirlar tezkor tahlil qilinib, Samarqand viloyati bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llanadi: Havo sifatini monitoring qilish: smog, chang zarralari va sanoat chiqindilari darajasini masofadan aniqlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini kuzatish: suv ta’minoti, hosilning rivoji va kasallanish o‘choqlarini erta aniqlash orqali agrar samaradorlikni oshirish ko‘zda tutilmoqda. O‘rmon va yashil hududlarni nazorat qilish: noqonuniy kesishlar, yong‘in xavfi bo‘lgan hududlar hamda degradatsiya jarayonlari kosmosdan kuzatiladi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida Samarqand viloyati ekologiyasi va agrar sektori bo‘yicha monitoring yanada tezkorlashadi, ma’lumotlar real vaqtga yaqin shaklda tahlil qilinadi va qaror qabul qilish sifatini oshiradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube