Isi
IIO xodimlarining jamoat joyida shaxsni tekshirishi bo‘yicha tartiblar yangilandi Ichki ishlar organlarining jamoat joylarida fuqarolar shaxsini tekshirish bilan bog‘liq tartib-taomillari yangilandi. Qoidalarga ko‘ra, shaxsni tekshirish faqat aniq asoslar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Bunga shubhali xatti-harakat, jinoyat alomatlari, hujjatlarni taqdim eta olmaslik, yo‘l harakati qoidalarini buzish yoki xavfsizlikka doir talablarning bajarilmasligi kabi holatlar kiradi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda, ommaviy tadbirlar vaqtida yoki xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarur bo‘lgan sharoitlarda ham hujjat tekshiruviga ruxsat beriladi. Yangi tartibda IIO xodimlarining majburiyatlari ham aniq belgilandi. Unga ko‘ra, xodim tekshiruv vaqtida o‘zini tanishtirishi, guvohnomasini ko‘rsatishi, tekshiruv sababi va huquqiy asosini tushuntirishi shart. Fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi ta’minlanishi lozim. 🔰Telegram | Instagram | You Tube