Isi
2026-yildan boshlab yuristlar ham maktablarda dars bera oladi Prezidentning 2025-yil 26-noyabrdagi PF–232-sonli farmoniga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “Yurisprudensiya” va “Davlat va jamiyat boshqaruvi” yo‘nalishlarida bakalavr darajasiga ega shaxslar maktablarda davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishi mumkin — ular uchun qayta tayyorlov kurslarini o‘tasiz ruxsat beriladi. Farmonda shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–7-sinflarida tarbiya fani doirasida o‘quvchilarning huquqiy ongini shakllantirish maqsadida vizual (komiks) kontentlardan foydalanish tartibi joriy etilishi nazarda tutilgan. Bu o‘z navbatida yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi. Yangi tartibga ko‘ra, huquq fanidan bilim darajasini baholash uchun test sinovlari tashkil etiladi va sinov natijalari asosida davlat namunadagi sertifikatlar berilishi rejalashtirilgan. Sertifikat maktab darajasidagi huquqiy bilimlarni aniqlash va muayyan standartni ta’minlashga yordam beradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube