Isi
Samarqandda havo sifati qisman yaxshilandi IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand shahrida havo sifati ayni damda AQI 150 atrofida bo‘lib, “zararli” toifada baholanmoqda (bundan oldin AQI 260-290 atrofida edi). Biroq so‘nggi kunlarda ko‘rsatkichlarning pasayishi kuzatildi. Bu o‘zgarish Prezident topshirig‘idan keyin havo sifatini yaxshilash bo‘yicha boshlangan ishlar bilan bog‘liq. Xususan Samarqandda: Ekologik reydlar kuchaytirildi — qurilish maydonlari, sanoat obyektlari va chang ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan hududlar nazoratga olindi. Ko‘chalar va gavjum joylar yuvilmoqda — tashkil etilgan maxsus texnika ko‘chalardagi changni kamaytirmoqda. Qurilishlarda changni jilovlash talabi kuchaydi — suv sepish va g‘ildiraklarni yuvish talabi qat’iy nazorat ostiga olindi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida havodagi chang zarralari miqdori qisqa muddatda kamayib, umumiy fon bir oz barqarorlashdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube