TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2831

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan3,680Jumlah tampilan
Diposting3 Des03/12/2025, 13.30
Isi postingan

Isi

Urgutda 82 nafar yosh ishga joylashtirildi, yana 125 nafari bilan shartnomalar imzolandi Prezident topshiriqlari ijrosi doirasida Urgut tumanida ishsiz yoshlar xatlovidan keyin 1 200 nafar yosh aniqlandi. Shundan 560 nafari ishga joylashtirilishi rejalashtirilgan. Bugun “SAM ELEKTRO LUX” MChJda Urgut va Toyloq tumanlari ishtirokida yirik ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Unda 24 ta korxona 619 ta real ish o‘rni bilan qatnashdi, umumiy hisobda 4 289 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Yarmarkada 551 nafar fuqaro qatnashdi. Ulardan 82 nafari ishga joylashdi: 48 nafari “Sam Ferre”ga, 22 nafari “SAM ELEKTRO LUX”ga, 12 nafari boshqa korxonalarga qabul qilindi. Shuningdek, 125 nafar yosh bilan ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar imzolandi, 33 nafar yosh xorijiy til kurslariga yo‘naltirildi. Mahallalardagi bo‘sh binolarda esa 220 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube