TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2835

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan2,720Jumlah tampilan
Diposting4 Des04/12/2025, 02.50
Isi postingan

Isi

❗️Samarqandda havo sifatini yaxshilash bo‘yicha tungi ekologik reydlar boshlandi Samarqand viloyatida havo sifatini yaxshilashga qaratilgan ekologik nazorat ishlari kuchaytirildi. Shu maqsadda viloyat hokimi Adiz Boboyev ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar, Ekologiya qo‘mitasi va kommunal soha mutasaddilaridan iborat ishchi guruhlar oldiga aniq vazifalarni belgilab berdi. Mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tungi reydlar davomida atmosferaga zararli moddalar chiqarilishini kamaytirish, talabga javob bermaydigan holatlarga barham berish, tadbirkorlarga esa amaliy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyat hokimi boshchiligidagi guruh tomonidan o‘tkazilgan tungi ekologik reydda Samarqand tumanidagi bir nechta obyektlar o‘rganildi. Ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanadigan issiqxonalar va dekorativ g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalarda murilarga maxsus filtrlar o‘rnatish, chiqindi gazlar tarkibini nazorat qilish, yoqilg‘i sarfini ekologik me’yorlarga moslashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga ko‘rsatmalar berildi. Viloyatda havo sifatini yaxshilashga qaratilgan ekologik nazorat tadbirlari davom ettiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube