Isi
Kattaqo‘rg‘on va Pastdarg‘omda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda ikki hududda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Kattaqo‘rg‘on shahrida fuqaro Sh.B. tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda, “Ziyolilar” MFY hududida joylashgan xonadonda umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 132,7 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Pastdarg‘om tumanida esa “M.K.” xususiy korxonasi vakillari savdo do‘konini umumiy elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 114,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube