Isi
Paxtachi tumani nomi o‘zgarishi mumkin Paxtachi tumani nomi o‘ziga xos tarixiy mazmunga ega bo‘lmagani va hududning asl qiyofasini ifodalamagani sababli uni o‘zgartirish masalasi muhokama qilinmoqda. Tuman hokimligi kanalida soʻrovnoma oʻtkazilib, tumanga tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan Ziyovuddin yoki Dabusqalʼa nomlarini berish taklifi ilgari surilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Dabusqalʼa — bu hududda qadimda mavjud bo‘lgan, tarixiy manbalarda qayd etilgan qal’a nomi bo‘lib, mintaqaning asl o‘tmishini aks ettiradi. Yana bir taklif etilgan nom — Ziyovuddin, arabcha “dinning nuri” ma’nosini anglatib, tarixan shu xududda qo‘llanib kelgan toponimlardan biri hisoblanadi. Paxtachi tumani nomiga oid bahslar davlat darajasiga ham ko‘tarilgan. Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev tuman nomining o‘ziga xos ma’noga ega emasligini tanqid qilib, hududlarga tarixini aks ettiruvchi, xalq qalbiga yaqin bo‘lgan nomlarni qaytarish kerakligini ta’kidlagan edi. Shu bois tumanga munosib, tarixiy ildizlarga asoslangan yangi nom berish yuzasidan takliflar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube