Isi
6 000 nafar xotin-qizning biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 2 trln so‘m ajratiladi Prezidentning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–240-sonli farmoni (03.12.2025) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan markazlar faoliyatini kengaytiriladi. 2026–2027 yillarda “HAMROH” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tomonidan: 6 000 nafar xotin-qizning biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 2 trln so‘m yo‘naltiriladi; 2 800 nafar xotin-qiz tadbirkorlikka o‘qitiladi; 2 000 nafar xotin-qizning tadbirkorlik faoliyatiga hamrohlik qilish orqali ko‘mak beriladi. Shuningdek, tuman va shahar hokimliklari huzuridagi Markazlar tegishli tartibda xotin-qizlar uchun tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping va kasbga o‘qitish kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritish uchun ijaraga beriladi. Avvalroq “HAMROH” dasturi doirasida tadbirkor ayollarga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratilishi haqida xabar bergan edik. 🔰Telegram | Instagram | You Tube