Isi
Samarqandda chorva kasalligi bo‘yicha xavotir kuchaymoqda, rasmiylar jim Samarqandda avgust oyidan buyon chorva mollari orasida noodatiy teri kasalligi kuzatilayotgani haqida aholi murojaatlari ko‘paymoqda. Chorvadorlar mollarida teri o‘zgarishlari, ozib ketish va nobud bo‘lish holatlari ko‘payganini aytmoqda. Ayrimlar kasallangan hayvonlarini hatto kolbasa sexlariga topshirishga majbur bo‘lganini bildirmoqda. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi esa ushbu xabarlarni bir necha bor “mish-mish”, “uydurma” deb rad etib kelmoqda. Biroq oradan uch oy o‘tsa-da, kasallik yuzasidan rasmiy tahlil natijalari, diagnostika xulosalari yoki batafsil izohlar e’lon qilingani yo‘q. Aholi tomonidan esa uchta asosiy savol hanuz ochiq qolmoqda: 1. Nega rasmiylar murojaatlarni rad etish bilan cheklanib, tahlil natijalarini ochiqlamayapti? 2. Kasallangan mollar kolbasa sexlariga topshirilgani — oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha favqulodda holat emasmi? 3. Kasallik sut orqali odamga yuqushi mumkinmi? Sotuvdagi sutlar xavfsizmi? 🔰Telegram | Instagram | You Tube